Banklar va moliya

Dollar o‘sishda davom etmoqda: 9-aprel uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

8-aprelda ham 32,74 so‘mga oshib, 12 208,08 so‘mga yetgan edi
Dollar o‘sishda davom etmoqda: 9-aprel uchun valyutalar kursi e’lon qilindi
Foto: Unsplash

9-aprel uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 20,50 so‘mga oshib, 12 228,58 so‘mni tashkil qildi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

2-aprel kuni esa 52,11 so‘mga tushib, 12 142,10 so‘m bo‘ldi. 3-apreldan dollar yuqorilashni boshladi: shu kuni AQSh valyutasi 7,74 so‘mga oshib, 12 149,84 so‘mni, 6-aprelda 20,83 so‘mga oshib, 12 170,67 so‘mni, 7-aprelda esa 4,67 so‘mga oshib, 12 175,34 so‘mni tashkil etdi. 8-aprelda ham 32,74 so‘mga oshib, 12 208,08 so‘mga yetdi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 166,78 so‘mga oshib, 14 298,98 so‘mni, rubl esa 0,96 so‘mga oshib, 155,96 so‘mni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan hafta davomida dollar kursi qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.