Lifestyle

Google Chrome brauzerida vertikal tablar joriy qilinmoqda

Bu orqali sahifa sarlavhalarini to‘liq o‘qish osonlashadi
Google Chrome’da video va audiolar uchun lazy loading joriy etiladi
Google Chrome brauzerida vertikal tablar joriy qilinmoqda / Foto: PCMag

Google Chrome foydalanuvchilari endi vertikal tablar va yangilangan Reading Mode imkoniyatlaridan foydalanishlari mumkin. Bu haqda Tech Crunch nashri ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, vertikal tablar funksiyasi tablarni brauzer oynasining yon tomoniga joylashtirish imkonini beradi. Bu orqali sahifa sarlavhalarini to‘liq o‘qish va tab guruhlarini boshqarish osonlashadi. Yoqilgandan so‘ng, vertikal tablar foydalanuvchi uni qayta o‘zgartirmaguncha standart sozlama sifatida qoladi.

Vertikal tablarni istalgan vaqtda Chrome oynasida o‘ng tugmani bosib, «Show Tabs Vertically» variantini tanlash orqali yoqish mumkin. Ushbu tablar gorizontal tablar kabi ishlaydi va har bir Chrome oynasida o‘z tablari yoki tab guruhlari bo‘lishi mumkin. Kompaniya foydalanuvchi apparaturasi imkon beradigan darajada cheklovsiz tablar sonini ochish mumkin.

Vertikal tablar odatda ko‘p tab ochadigan tadqiqotchilar va ilg‘or foydalanuvchilar tomonidan afzal ko‘riladi. Bu foydalanuvchilar ko‘pincha bir vaqtning o‘zida bir nechta tabni bir sayt yoki bir xil favicon bilan ochadi, shuning uchun kerakli tabni tez topish muhim bo‘ladi.

Bundan tashqari, Chrome yangi Reading Mode tajribasini ham joriy qilmoqda. Bu interfeys sahifani to‘liq ko‘rsatib, ekrandagi bezovtaliklarni kamaytiradi va matnga e’tiborni oshiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Google Chrome’da video va audiolar uchun lazy loading joriy etilishi haqida yozgan edik.