Mart oyida “yashil” energiya ishlab chiqarish hajmi 9,7 foizga oshdi

2026-yil mart oyida O‘zbekistonda «yashil» energiya ishlab chiqarish hajmi 9,7 foizga oshib, yirik quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan jami 911,7 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu haqda Enegetika vazirligi xabar bermoqda.
Bu ko‘rsatkich 2025-yilning shu davriga nisbatan 92,1 mln kVt/soatga ko‘p bo‘lib, o‘tgan yil mart oyida ishlab chiqarish hajmi 830,8 mln kVt/soat bo‘lgan edi.

Ishlab chiqarilgan energiyaning asosiy qismi quyosh elektr stansiyalariga to‘g‘ri keladi. Ular 569,4 mln kVt/soat elektr ishlab chiqardi. Shamol elektr stansiyalari esa 342,3 mln kVt/soat energiya ishlab chiqarishga erishdi. «Yashil» energiya ishlab chiqarishning ortishi iqtisodiy va ekologik jihatdan ham muhim natijalar berdi. Xususan, 243 mln kub metr tabiiy gaz tejaldi. Bu esa energiya resurslaridan samarali foydalanilayotganini ko‘rsatadi.
Shuningdek, atmosferaga chiqariladigan zararli moddalar hajmi ham sezilarli kamaydi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 524 ming tonnadan ortiq chiqindining oldi olindi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekiston qayta tiklanuvchi energiya ulushini 54 foizga yetkazishi haqida yozgan edi.