Yangiliklar

Oʻzbekiston Yaqin Sharqdagi sulh e’lon qilinishini olqishladi

Pokiston rahbariyati vositachiligida
Foto: Tashqi ishlar vazirligi

Oʻzbekiston Pokiston rahbariyati vositachiligida Yaqin Sharqda oʻt ochishni toʻliq toʻxtatish va sulh oʻrnatilishi e’lon qilinganini ijobiy baholadi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy sahifasida e’lon qildi.

Unga ko‘ra, mazkur tashabbuslar mintaqada keskinlikni kamaytirish, siyosiy va diplomatik muloqotlarni rivojlantirish hamda oʻzaro maqbul yechimlarni topish yoʻlidagi muhim qadamdir.

Oʻzbekiston barcha tomonlarni vazmin boʻlishga, vaziyatni keskinlashtiruvchi harakatlardan tiyilishga va tinchlikni mustahkamlashga chaqirdi. Shuningdek, mamlakat mojarolarni faqat tinch yoʻl bilan, BMT Nizomi tamoyillariga muvofiq hal qilish zarurligini yana bir bor tasdiqladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan AQSh va Eron o‘rtasida ikki haftalik sulh bo‘yicha kelishuvga erishilgani haqida yozgandi.