Yangiliklar

«Open budjet»da g‘olib bo‘la olmagan loyiha «Mening bog‘im» dasturi orqali g‘olib deb topiladi

Loyihalarni amalga oshirishda jamoatchilik va xalq vakillarining ishtiroki kengaytiriladi
«Open budjet»da g‘olib bo‘la olmagan bitta loyiha «Mening bog‘im» dasturi orqali g‘olib deb e’lon qilinadi
Foto: Samijon Juraqulov / Kursiv Uzbekistan

Endilikda «Open budjet»da g‘olib bo‘la olmagan bitta loyiha «Mening bog‘im» dasturi orqali g‘olib deb e’lon qilinadi. Bu haqda prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi.

Hujjatga ko‘ra, loyihalarni amalga oshirishda jamoatchilik va xalq vakillarining ishtiroki kengaytiriladi. Asosiy e’tibor ekologik muhitni yaxshilash va aholining manfaatlarini inobatga olishga qaratiladi.

Shuningdek, loyihalarni hududning tuproq-iqlim sharoiti va suv ta’minotiga mos ravishda shakllantirish tizimi joriy etiladi. Bu esa ekiladigan daraxt va o‘simliklarning yashab ketish darajasini oshirishga xizmat qiladi. Farmonga muvofiq, yashil hududlarni barpo etish bilan birga ularni muntazam parvarishlash tizimi ham kuchaytiriladi. Yangi amaliyot doirasida daraxtlar ekish, ularni saqlash va barpo etilgan obyektlarning holatini nazorat qilish ishlari tizimli yo‘lga qo‘yiladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri «Mening bog‘im» loyihasining 2025-yilgi mavsumi bo‘yicha ovoz berish jarayoni boshlangani haqida yozgan edi.