Yangiliklar

O‘zbekiston va AQSh qo‘shma investitsiya platformasini ishga tushiradi

Uchrashuv davomida yirik investitsiya loyihalari portfeli muhokama qilindi
O‘zbekiston va AQSh qo‘shma investitsiya platformasini ishga tushiradi
Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram

O‘zbekiston va AQSh Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) bilan qo‘shma investitsiya platformasini ishga tushiradi. Bu haqda Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva va korporatsiya rahbari Ben Blek ishtirokidagi uchrashuvida ma’lum qilindi.

Uchrashuv davomida yirik investitsiya loyihalari portfeli muhokama qilindi. Tomonlar iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish masalasiga alohida e’tibor qaratdi.

Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram

Ta’kidlanishicha, DFC O‘zbekistonga amerikalik sarmoyadorlarni jalb qilishda faol ishtirok etadi. Shuningdek, tashkilot investitsiya loyihalaridagi xatarlarning bir qismini o‘z zimmasiga olish orqali investorlar uchun qo‘shimcha kafolat yaratadi.

Foto: Saida Mirziyoyeva

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Amerika – O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi rasmiy faoliyatini boshlagani haqida yozgan edi.