O‘zbekistonning BAAdagi Favqulodda va muxtor elchisi tayinlandi

eʼlon qilindi
Prezidentning taqdimnomasi asosida
O‘zbekistonning BAAdagi favqulodda va muxtor elchisi tayinlandi / Foto: Senat.uz

Oliy Majlis Senatining o‘n to‘rtinchi yalpi majlisida prezidentning taqdimnomasi asosida Umid Rustamovich Shodiyev O‘zbekistonning Birlashgan Arab Amirliklaridagi Favqulodda va muxtor elchi lavozimiga tayinlandi.

Ushbu qaror ikki davlat o‘rtasidagi ishonchga asoslangan diplomatik munosabatlarni yanada mustahkamlash hamda savdo-iqtisodiy, investitsion, innovatsion va turizm sohalaridagi amaliy hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.

Senatorlar Shodiyevning tashqi siyosat sohasidagi chuqur bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini, shuningdek, mamlakatimiz milliy manfaatlarini xalqaro maydonda samarali tarzda ilgari surish qobiliyatini alohida ta’kidladilar.

Muhoqama natijasida Umid Rustamovich Shodiyev BAAdagi Favqulodda va muxtor elchi lavozimiga rasmiy ravishda tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq qatarlik madaniyat vakili «O‘zbek madaniyati elchisi» unvoniga sazovor bo‘lgan edi.

Shuningdek