
2026-yil 10-aprel kuni tunda Toshkent shahridagi ba’zi qozonxonalar boshqaruvidagi issiqlik tarmoqlari yuqori bosim ostida sinovdan o‘tkaziladi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent ma’lum qildi.
Mazkur sinovlar 10-aprel tungi soat 00:00 da boshlanib, 11-aprel tongi soat 06:00 gacha davom etadi.

«9-IM» qozonxonasi boshqaruvidagi issiqlik tarmoqlari quyidagi ko‘chalarni qamrab oladi: Taqachi, Guliston, Shirin, Lutfiy, Katta halqa yo‘li, O‘rikzor, Katta Xirmontepa, Kichik halqa yo‘li, Beshqayrag‘och, To‘qimachi, Nashriyot, Yusuf Sakkokiy, Foziltepa, Farhod ko‘chalari, Sharq, Al-Xorazmiy-1,2, Beshqayrag‘och, Guliston, Izza dahalari, Chilonzor dahasi 7, 13 – 15, 21 – 25, 30, 31-mavzelari hamda O‘rikzor bozori hududi.

Shuningdek, «ToshIEM» (M-5, M-8) qozonxonasi boshqaruvidagi tarmoqlar quyidagi hududlarda sinovdan o‘tadi: Amir Temur va Mustaqillik shoh ko‘chalari, Navoiy, Bobur, Glinka, Qumariq, Yahyo G‘ulomov, Buyuk Turon, Istiqbol, Zarafshon, Maxtumquli, Islom Karimov, Buxoro, Istiqlol, Sodiq Azimov, Said Baraka, Matbuotchilar, Sayilgoh, Shastri, Elbek, Kichik halqa yo‘li, Shahrisabz, Taras Shevchenko, Nukus, Oybek, Kichik Beshyog‘och, Abdulla Qahhor, Haydar Aliyev, Oltin vodiy, Fidokor, Avliyoota, Moshtabib, Mirobod ko‘chalari, shuningdek M-1, 2, 4, 5, 7, Qushbegi, Boshliq dahalari va Uchuvchilar shaharchasi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida 8-aprel kuni issiqlik tarmoqlarini yuqori bosim ostida sinovdan o‘tkazish ishlari amalga oshirilishi haqida yozgan edik.