
2026-yilda Xitoy avtomobil ishlab chiqaruvchilari yana gibrid texnologiyalarga faol qaytmoqda. Bu yo‘nalishda Chery, Geely va Changan kabi kompaniyalar yangi HEV tizimlarini ishlab chiqmoqda.
Mutaxassislar fikricha, bu qaror bir nechta omillar bilan bog‘liq. Bir tomondan, Toyota hali ham global gibrid bozorida yetakchi bo‘lib qolmoqda. Ikkinchi tomondan, BYD elektromobil va plug-in gibridlar orqali bozorda faol kengaymoqda.

Xitoy kompaniyalari esa boshqa texnologik yo‘lni tanlamoqda. Ular ishlab chiqayotgan HEV tizimlarida elektr motor asosiy rol o‘ynaydi. Benzin dvigatel esa ko‘proq generator yoki yordamchi sifatida ishlaydi. Bu yondashuv avtomobilning tezlanishini yaxshilaydi va yonilg‘i sarfini kamaytiradi.
Masalan, yangi tizimlarda elektr motor quvvati 130 – 180 kVt atrofida bo‘ladi. Shahar sharoitida yonilg‘i sarfi ayrim hollarda 2-3 litr/100 km darajasiga tushishi mumkin.
Bunday o‘zgarishlarning asosiy sababi – xarajatlarni kamaytirish. HEV avtomobillarda batareya hajmi odatda 1-2 kVt/soat bo‘ladi. Bu esa plug-in gibrid yoki elektromobillarga qaraganda ancha kichik. Natijada ishlab chiqarish tannarxi pasayadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Hyundai Santa Fe 2027 elektromobili qachon chiqishi haqida yozgan edi.