Amir Temur esdalik tangalari chiqdi, Toshkentda elektromobil yonib ketdi, Eron Hormuz bo‘g‘ozini yopdi — 9-aprel kungi muhim yangiliklar dayjesti

eʼlon qilindi
Kun davomida O‘zbekiston va dunyoda yuz bergan dolzarb yangiliklar bir maqolaga jamlandi
Toshkent
9-aprel kungi muhim yangiliklar dayjesti / Foto: MyTashkent
Amir Temur tavalludiga bag‘ishlangan esdalik tangalari sotuvga chiqarildi
Amir Temur tavalludiga bag‘ishlangan esdalik tangalari sotuvga chiqarildi / Foto: Markaziy bank

Amir Temur tavalludiga bag‘ishlangan esdalik tangalari sotuvga chiqarildi — video

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan esdalik tangalari va suvenir to‘plamlari sotuvini yo‘lga qo‘ydi.

Sotuvda ikki xil dizayndagi esdalik tangalari taqdim etilgan bo‘lib, har biri 31,1 gramm og‘irlikda va Amir Temur siymosini aks ettiradi. Shu bilan birga, har biri 31,1 gramm bo‘lgan 3 talik suvenir to‘plamlari ham xaridorlarga taklif qilingan. Tangalar 999,9 asillikdagi oltin va kumushdan tayyorlangan bo‘lib, yuqori badiiy va kolleksion qiymatga ega.

Davomi…

Foto: Altaf Qadri / AP

Eron Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tuvchi kemalardan kriptovalyutada to‘lov talab qilmoqchi

Eron Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tuvchi neft tankerlaridan kriptovalyuta orqali to‘lov olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Irish Times nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, har bir tanker bo‘g‘ozdan o‘tishdan oldin yuklari haqida Eron rasmiylariga ma’lumot berishi kerak bo‘ladi. Shundan so‘ng ularga to‘lanadigan boj miqdori belgilanadi. Tarif har bir barrel neft uchun $1 etib belgilanishi mumkin. To‘lovlar esa, asosan, bitkoin kabi kriptovalyutalarda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Davomi…

kredit, Turkiya
Foto: O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi

Kreditdan qarzdor bo‘lgan o‘zbekistonlik Turkiyada qo‘lga olindi

Kredit majburiyatlarini bajarmasdan xorijda yashirinib yurgan o‘zbekistonlik fuqaro Turkiyada qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Samarqand viloyatida tug‘ilgan 37 yoshli fuqaro yirik miqdordagi kredit mablag‘larini olib, ularni qaytarmagan holda Turkiyada yashirinib yurgan. O‘zbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari o‘rtasidagi hamkorlik natijasida u aniqlanib, qo‘lga olingan hamda keyinchalik qonuniy tartibda O‘zbekistonga olib kelingan.

Davomi…

Foto: President.uz

Mirziyoyev Amir Temur haykali poyiga gulchambar qo‘ydi — foto

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi Amir Temur xiyoboniga tashrif buyurib, buyuk sarkarda va davlat arbobi Sohibqiron Amir Temur haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Bugungi kunda Amir Temur va temuriylar tarixi hamda merosini chuqur o‘rganish Yangi O‘zbekiston sharoitida katta ahamiyat kasb etmoqda. Sohibqironning dono o‘gitlari: «Kuch – adolatda», «Adolat bilan jahon gulshani obod bo‘ladi» esa bugungi ijtimoiy davlat barpo etish va inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarda amaliy qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda.

Davomi…

Tadbirkorlarga mol va qo‘y go‘shtini import qilishda subsidiyalar ajratiladi
Foto: Getty Images

Qozog‘istonda go‘sht narxi o‘rtacha 18 foizga qimmatlashdi

2026-yil aprel holatiga ko‘ra, Qozog‘istonda go‘sht narxlari o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan o‘rtacha 18 foizga qimmatlashgan. Bu haqda mamlakatning Milliy statistika byurosi ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, narxlar o‘sishi turli go‘sht turlarida bir xil emas. Eng katta oshish qo‘y go‘shtida qayd etilgan bo‘lib, uning narxi 24,5 foizga ko‘tarilgan. Mol go‘shti esa qariyb 22 foizga qimmatlashgan. Shuningdek, ot go‘shti narxi 15 foizga oshgan. Nisbatan arzon hisoblangan mahsulotlar ham umumiy trenddan chetda qolmagan.

Davomi…

Muddatli harbiy xizmatchilar oliygohlarda masofaviy ta’lim olishlari mumkin bo‘ladi
Foto: Mudofaa vazirligi

Muddatli harbiy xizmat o‘tagan yigitlarga ta’lim krediti beriladi

O‘zbekistonda muddatli harbiy xizmatni o‘tagan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qator yangi imtiyozlar joriy etilmoqda. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, 2027-yil 1-apreldan boshlab harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yoshlarga davlat organlari va tashkilotlariga ishga kirishda qo‘shimcha imkoniyat yaratiladi. Ular test sinovlari natijalariga ko‘ra to‘plagan balining 10 foizi miqdorida qo‘shimcha ball olishadi.

Davomi…

Mavsum boshlandi: Olmazor tumanida elektromobil yondi

Toshkent shahrining Olmazor tumanida elektromobil bilan bog‘liq yong‘in hodisasi qayd etildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, yong‘in haqidagi xabar 8-aprel kuni soat 21:14 da kelib tushgan bo‘lib, unda Beruniy ko‘chasidagi 2-uy oldida avtomobil yonayotgani ma’lum qilingan.

Davomi…

YouTube
Foto: Panorama

YouTube televizorlar uchun 90 soniyalik o‘tkazib bo‘lmaydigan reklama joriy qilmoqda

YouTube smart televizorlar uchun yangi reklama formatini sinovdan o‘tkazmoqda. Endilikda foydalanuvchilar ayrim hollarda reklamani kamida 90 soniya davomida o‘tkaza olmaydi. Bu haqda Reddit platformasida ma’lum qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, avval joriy etilgan 30 soniyalik o‘tkazib bo‘lmaydigan reklamalardan so‘ng endi yanada uzunroq reklama bloklari paydo bo‘lgan.

Davomi…

Eron hukumati Hormuz bo‘g‘ozini nega yopdi
Foto: AP Photo

Eron hukumati Hormuz bo‘g‘ozini nega yopdi

Eron va AQSh o‘rtasida tuzilgan ikki hafta muddatdagi sulhga qaramay Eron hukumati Hormuz bo‘g‘ozini yopishga buyruq berdi. Bu qaror Isroilning Livan hududlariga amalga oshirgan qaqshatqich hujumidan keyin qabul qilingan.

AQSh Oq uy matbuot kotibi Karolin Levitt jurnalistlarga bayonot berib, prezident Donald Tramp Hormuz orqali harakatlanish hech qanday cheklovlarsiz tiklanishini istayotganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, asosiy ustuvor vazifa bo‘g‘ozni tez va xavfsiz ochishdir.

Davomi…

Toshkentda bloger Sanjabek Karimov ustidan sud jarayoni boshlanadi
Toshkentda bloger Sanjabek Karimov ustidan sud jarayoni boshlanadi / Foto: Ijtimoiy tarmoq

Bloger Sanjabek Karimov ustidan sud jarayoni boshlanadi

Toshkentda taniqli tadbirkor va bloger Sanjabek Karimov ustidan sud jarayoni boshlanishi kutilmoqda. Sud majlisi 10-aprel kuni soat 15:00 da JIB Mirzo Ulug‘bek tumani sudida sudya Bahrom Berdiyev raisligida bo‘lib o‘tadi.

Blogerga yirik firibgarlik (JKning 168-moddasi 4-qismi «a» bandi), giyohvandlik moddalarini sotish maqsadida noqonuniy muomala (JKning 273-moddasi 2-qismi) va o‘ldirish yoki zo‘ravonlik ishlatish bilan qo‘rqitish (JKning 112-moddasi 1-qismi) kabi uchta jinoyat moddasi bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

Davomi…

Shuningdek