Chempionlar Ligasi: PSJ o‘z maydonida «Liverpul»ni mag‘lub etdi

9-aprel 2026 02:23 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: UEFA

Parijda UEFA Chempionlar Ligasining chorak final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda PSJ klubi Angliyaning «Liverpul» jamoasini qabul qilib, 2:0 hisobida ishonchli g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 11-daqiqasida PSJ yarim himoyachisi Dezire Due hisobni ochdi. Erta urilgan goldan so‘ng mehmonlar o‘yin nazoratini qo‘lga olishga harakat qildi. Ikkinchi bo‘limning 65-daqiqasida parijliklar vakili Xvicha Kvaratsxeliya Joau Neveshning uzatmasidan so‘ng jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi.

Luis Enrike boshqaruvidagi PSJ o‘yin oxiriga qadar himoyada bexato harakat qilib, o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Endi «Liverpul» keyingi bosqichga o‘tish uchun «Enfild» stadionida bo‘lib o‘tadigan javob uchrashuvida kamida uchta to‘p farqi bilan g‘alaba qozonishi talab etiladi.

Foto: UEFA

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Barselona» «Atletiko»ga imkoniyatni boy bergani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek