Geely elektromobillar uchun ultra tez zaryadlash texnologiyasini taqdim etdi

9-aprel 2026 15:14 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
Geely elektromobillar uchun ultra tez zaryadlash texnologiyasini taqdim etdi / Foto: Autoblog

Xitoyning Geely kompaniyasi 900 volt kuchlanishga ega yangi Energee Golden Brick batareyasini taqdim etdi. Bu haqda Digitaltrends nashri ma’lum qildi.

Ushbu texnologiya Lynk & Co 10 va 10+ elektromobillarini 10 foizdan 70 foizgacha atigi 4 daqiqa 22 soniyada, 10 foizdan 97 foizgacha esa 8 daqiqa 42 soniyada zaryadlash imkonini beradi.

Taqqoslash uchun, BYD kompaniyasining Blade Battery 2.0 tezkor zaryadlash texnologiyasi shunga o‘xshash natijalarga mos ravishda 5 va 9 daqiqada erishadi. Bu esa Geely taqdim etgan yechim zaryadlash tezligi bo‘yicha ustunlikka ega ekanini ko‘rsatadi.

Bundan tashqari, kompaniyaning zaryadlash infratuzilmasi BYD ga nisbatan kichikroq bo‘lib, 2,1 mingta stansiyani tashkil etadi. Raqobatchida esa bu ko‘rsatkich 5 mingtaga yetgan va yil oxirigacha 20 mingtaga oshirilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Geely Galaxy M9 avtomobilining yangi versiyasi qachon taqdim etilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek