Gadjetlar

Huawei yangi AI Glasses modelini taqdim etdi

Narxi hozircha e’lon qilinmagan
Huawei yangi AI Glasses modelini taqdim etdi / Foto: Huawei Central

Huawei kompaniyasi sun’iy intellektga ega yangi aqlli ko‘zoynaklar – Huawei AI Glasses modelini ishlab chiqdi. Bu haqda Huawei Central ma’lum qildi.

Yangi model uchun qayrilish moduli Huayan materiallaridan ishlab chiqariladi. Bu komponentlar Yutong Technology sho‘ba korxonasi tomonidan yetkazib beriladi. Oldingi Eyewear modelida esa ramkalar mustahkam titan yordamida tayyorlangan va 33 puxta bajarilgan jarayondan o‘tgan.

Endi esa yuqori zichlikdagi metallardan foydalanilgan C-shaklli burilish dizayni ko‘zoynaklarga yanada moslashuvchanlik va chidamlilikni ta’minlaydi. Huawei ushbu modelda 140 dan ortiq aniqlik talab qiladigan komponentlarni birlashtirgan.

Hozirgi kunda kompaniya yangi aqlli ko‘zoynaklardan 400 mingdan 500 mingtagacha birlikni ishlab chiqarishga tayyorlamoqda. Narxi esa hozircha rasmiy e’lon qilinmagan, biroq oldingi avlodga mansub Huawei Smart Glasses 2 modeli $315 atrofidagi narxda sotilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Meta optik linzalar bilan foydalanishga mo‘ljallangan yangi Ray-Ban «aqlli» ko‘zoynak modellarini etgan edi.