
iPhone va Samsung Galaxy smartfonlari eng yomon ta’mirlanadigan smartfonlar deb topildi. AQShdagi US PIRG tashkiloti yangi yillik «Failing the Fix» hisobotini e’lon qildi.
Hisobotga ko‘ra, Apple va Samsung qurilmalari ham yaxshi natija ko‘rsatmagan va D bahoga ega bo‘lgan. Bu ikki brend qurilmalari ta’mirlash uchun eng noqulay smartfonlar qatoriga kiritildi.
Bu yilgi baholash avvalgi fransuz metodikasiga emas, balki Yevropaning EPREL tizimiga asoslandi. Ushbu tizim qurilmalarni real sharoitda ta’mirlash qanchalik oson yoki qiyin ekanini ko‘rsatishga mo‘ljallangan. Baholashda bir nechta muhim omillar hisobga olingan. Ular orasida qurilmani ochish qulayligi, kerakli asboblar, ehtiyot qismlar mavjudligi va texnik hujjatlarning ochiqligi bor.

Yangi tizimga o‘tish Apple va Samsung reytingini pasaytirgan. Hisobotda qayd etilishicha, har ikki kompaniya EPREL bazasida faqat 5 yil dasturiy qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatgan. Aslida esa ular ko‘proq muddat yangilanish va’da qiladi.
Bundan tashqari, kompaniyalar ta’mirlash huquqi bo‘yicha qonunchilikka qarshi chiqadigan sanoat guruhlarida ishtirok etgani uchun ham ball yo‘qotgan. Tadqiqotda har bir brenddan 10 tadan model solishtirilgan. Biroq Samsung‘ning ayrim modellari EPREL bazasida mavjud bo‘lmagani sababli tahlil to‘liq emas.
Hisobotda noutbuklar ham baholandi. Apple MacBook C- baho olib, eng past natijalardan birini qayd etdi. Lenovo ham past ko‘rsatkich bilan chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy S27 turkumiga Pro modelini qo‘shishi haqida yozgan edi.