Yangiliklar

Kreditdan qarzdor bo‘lgan o‘zbekistonlik Turkiyada qo‘lga olindi

Qonuniy tartibda O‘zbekistonga olib kelingan
kredit, Turkiya
Foto: O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi

Kredit majburiyatlarini bajarmasdan xorijda yashirinib yurgan o‘zbekistonlik fuqaro Turkiyada qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Samarqand viloyatida tug‘ilgan 37 yoshli fuqaro yirik miqdordagi kredit mablag‘larini olib, ularni qaytarmagan holda Turkiyada yashirinib yurgan. O‘zbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari o‘rtasidagi hamkorlik natijasida u aniqlanib, qo‘lga olingan hamda keyinchalik qonuniy tartibda O‘zbekistonga olib kelingan.

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan tegishli tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shu bilan birga, konsulxona xorijda bo‘lib turgan o‘zbekistonlik fuqarolarni qonunlarga rioya qilishga, shaxsiy mas’uliyatni oshirishga chaqirdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda bank eksperti 10 ming dollar pora bilan ushlangani haqida yozgandi.