Yangiliklar

Madaniy meros agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari o‘zgardi

Bunga qadar Kuziyev Tursunali ushbu lavozimda ishlagan
Madaniy meros agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari o‘zgardi / Foto: Madaniy meros agentligi

`Najimov Elmurod Iqboljon o‘g‘li Madaniy meros agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mazkur tayinlov munosabati bilan agentlikning ilgari ushbu lavozimda faoliyat yuritib kelgan Kuziyev Tursunali Karimjanovich boshqa ishga o‘tishi sababli egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Ma’lumot uchun, Najimov 1992-yil 1-mart kuni Andijon viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2016-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bakalavr bosqichini, 2020-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabida magistratura bosqichini tamomlagan.

U bunga qadar Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisining birinchi o‘rinbosari va O‘zbekistonning UNESCO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasining bosh kotibi o‘rinbosari sifatida ham faoliyat olib borgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Xalq qabulxonasiga yangi boshliq tayinlangan edi.