Meta yangi sun’iy intellekt modelini taqdim etdi

eʼlon qilindi
Muse Spark nomli sun’iy intellekt modeli
Meta foydalanuvchi faolligini SI bilan takrorlovchi tizimga patent oldi
Foto: DRH

Meta Platforms yangi Muse Spark nomli sun’iy intellekt modelini e’lon qilganidan so‘ng kompaniya aksiyalari keskin ko‘tarildi. Dastlab narxlar 9 foizgacha oshib, keyinchalik o‘sish 6,5 foiz atrofida barqarorlashdi, deya xabar berdi Oninvest nashri.

Yangi model kompaniyaning yangi tashkil etilgan superjamoasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, bu guruhni Mark Sukerberg turli kompaniyalardan yetakchi mutaxassislarni jalb qilish orqali shakllantirgan. Loyiha doirasidagi asosiy maqsad — inson imkoniyatlariga teng yoki undan ustun bo‘lgan sun’iy intellekt yaratishdir.

Muse Spark yaqin haftalarda Meta ekotizimidagi barcha asosiy platformalarga joriy etilishi rejalashtirilgan. Jumladan, u Facebook, Instagram va WhatsApp xizmatlarida ishlaydigan Meta SI chat-botini yanada takomillashtirish uchun qo‘llaniladi.

Bundan tashqari, model asosida foydalanuvchilarga mahsulotlarni — masalan, kiyim yoki mebelni osonroq topishga yordam beruvchi savdo yordamchisi ham ishlab chiqilmoqda. Hozircha bu tizim dastlabki bosqichda bo‘lib, mustaqil xarid qilish funksiyasiga ega emas.

E’tiborlisi, avvalgi ochiq kodli yondashuvdan farqli ravishda, Muse Spark yopiq model sifatida taqdim etildi. Ya’ni uning texnik tuzilmasi va kodi ommaga ochiq bo‘lmaydi.

Yangi model Meta Superintelligence Labs uchun muhim sinov hisoblanadi. Ushbu bo‘lim umumiy sun’iy intellekt (AGI) yaratish ustida ishlamoqda. Mutaxassislarning fikricha, hozircha Muse Spark ayrim ko‘rsatkichlar bo‘yicha ChatGPT, Claude va Gemini kabi tizimlardan ortda qolmoqda, biroq loyiha hali rivojlanishning dastlabki bosqichida.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Meta aqlli ko‘zoynaklari endi ovqatlanishni ham kuzatishi haqida ham yozgandi.

Shuningdek