Mirziyoyev Amir Temur haykali poyiga gulchambar qo‘ydi — foto

eʼlon qilindi
Prezident xiyobonda koʻchat ekdi
Foto: Prezident.uz

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi Amir Temur xiyoboniga tashrif buyurib, buyuk sarkarda va davlat arbobi Sohibqiron Amir Temur haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Bugungi kunda Amir Temur va temuriylar tarixi hamda merosini chuqur o‘rganish Yangi O‘zbekiston sharoitida katta ahamiyat kasb etmoqda. Sohibqironning dono o‘gitlari: «Kuch – adolatda», «Adolat bilan jahon gulshani obod bo‘ladi» esa bugungi ijtimoiy davlat barpo etish va inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarda amaliy qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda.

Amir Temur oyligi doirasida yangi ilmiy va badiiy kitoblar, film va spektakllar, tasviriy san’at asarlari yaratilmoqda. Xususan, «Temur tuzuklari» asari yangidan nashr etildi. Shuningdek, yurtimizda Temuriylar nomi bilan atalgan davlat mukofotlari, xiyobonlar, ta’lim va madaniyat maskanlari faoliyat yuritmoqda.

Tadbir davomida xiyobonda Amir Temur xotirasiga hurmat sifatida gullar qo‘yildi va prezident xiyobonda koʻchat ekdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Amir Temur tavalludiga atab bezatilgan metro harakatga tushirilishi haqida yozgandi.

Shuningdek