Prezident Temuriylar tarixi davlat muzeyining yangilangan binosi bilan tanishdi — foto

eʼlon qilindi
Tashrif davomida Mirziyoyev muzey mehmonlar kitobida o‘z fikrlarini qoldirdi
Prezident Temuriylar tarixi davlat muzeyining yangilangan binosi bilan tanishdi
Prezident Temuriylar tarixi davlat muzeyining yangilangan binosi bilan tanishdi / Foto: Prezident.uz

Shavkat Mirziyoyev Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurib, rekonstruksiya qilingan majmua faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Yangilangan muzey zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlanib, ekspozitsiyalar tubdan yangilangan. Xususan, birinchi qavatda Amir Temurning davlat boshqaruvi va tarixiy faoliyatiga bag‘ishlangan bo‘lim tashkil etilgan bo‘lsa, ikkinchi qavatda sun’iy intellekt va interaktiv texnologiyalar asosida temuriylar davrini aks ettiruvchi ko‘rgazmalar joylashtirilgan. Shuningdek, 3D eksponatlar va raqamlashtirilgan xaritalar tashrif buyuruvchilarga taqdim etilmoqda.

Davlat rahbari muzey imkoniyatlarini ko‘zdan kechirar ekan, ajdodlar merosini chuqur o‘rganish va uni keng targ‘ib etish muhimligini alohida ta’kidladi. Unga ko‘ra, boy tarixiy meros yoshlar tarbiyasida muhim o‘rin tutadi va Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti uchun zarur bilim manbai hisoblanadi.

Prezident Temuriylar tarixi davlat muzeyining yangilangan binosi bilan tanishdi / Foto: Prezident.uz
Prezident Temuriylar tarixi davlat muzeyining yangilangan binosi bilan tanishdi / Foto: Prezident.uz

Shuningdek, tashrif davomida Mirziyoyev muzey mehmonlar kitobida o‘z fikrlarini qoldirdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Mirziyoyev Amir Temur haykali poyiga gulchambar qo‘ygani haqida yozgandi.

Shuningdek