Qo‘qonda «yaxshilik» niqobi ostida tovlamachilik qilgan shaxslar jazolandi

eʼlon qilindi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
Buxoroda terrorizmga aloqador ota-o‘g‘ilga qarshi jinoyat ishi ochildi
Qo‘qonda «yaxshilik» niqobi ostida tovlamachilik qilgan shaxslar jazolandi / Foto: Sun’iy intellekt

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida ayolga nisbatan tovlamachilik sodir etgan shaxslar jinoyat javobgarligiga tortildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2026-yilning fevral va mart oylarida jabrlanuvchi va gumonlanuvchilar Zilola Jo‘raeva hamda Karimjon G‘afurov o‘rtasida qarz oldi-berdi natijasida nizo yuzaga kelgan. Holat Qo‘qon shahar IIB tomonidan o‘rganilgan. Surishtiruv davomida aniqlanishicha, 2025-yil dekabrdan boshlab gumonlanuvchilar jabrlanuvchiga dastlab $90 mingni bergan. Shunga qaramay, gumonlanuvchilar jabrlanuvchidan ustama bilan jami $842 ming qaytarishni talab qilgan.

Gumonlanuvchilar sovuq qurol bilan jabrlanuvchining o‘zi va oila a’zolariga zarar yetkazish bilan tahdid qilib, tovlamachalik bilan muntazan pul undirib kelgan. Ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ularga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon, Namangan va Farg‘onada 54 ming dollarlik korrupsion holatlar aniqlangan edi.

Shuningdek