Realme C100 4G smartfoni qanday narxda taqim etildi — foto

9-aprel 2026 19:46 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
Realme C100 4G smartfoni qanday narxda taqim etildi / Foto: Realme

Realme kompaniyasi yangi Realme C100 4G modelini taqdim etdi. Smartfon kuchli batareya va zamonaviy texnik imkoniyatlar bilan jihozlandi.

Yangi smartfon MediaTek Helio G92 Max platformasiga asoslangan bo‘lib, 8000 mA/soat sig‘imli katta batareya bilan ta’minlangan. Qurilmada 45 vattli tezkor simli zaryadlash hamda 10 vattgacha teskari simli zaryadlash funksiyasi mavjud.

Realme C100 4G 6,8 dyuymli IPS displeyga ega bo‘lib, HD+ aniqlik va 120 Gts yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi. Ekran ArmorShell himoya oynasi bilan qoplangan va maksimal yorqinligi 1200 nitni tashkil etadi.

Kamera tizimi 50 megapikselli asosiy modul hamda 8 megapikselli old kameradan iborat. Shuningdek, smartfon IP69K darajasida suv va changdan himoyalangan. Qurilma Android 16 asosidagi realme UI 7.0 operatsion tizimida ishlaydi.

Foto: Realme

Xotira variantlari 6/128 GB va 8/256 GB ko‘rinishida taqdim etilgan. Vyetnamda ushbu model allaqachon sotuvga chiqarilgan bo‘lib, boshlang‘ich narxi taxminan $290 ni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Realme kompaniyasi 16 Pro smartfonining Yevropa versiyasi taqdim etilgan edi.

Shuningdek