
Toshkent shahrining Yangihayot tumanida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.
Departamentning Yangihayot tuman bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqarolar aniqlangan. Ular Spark rusumli avtomashinada tarkibida inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qiluvchi modda bo‘lgan 66 dona dori vositasini sotish maqsadida saqlab kelayotganlikda gumon qilinmoqda.
Tezkor tadbir jarayonida mazkur dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Toshkentda noqonuniy diniy ta’lim berish holatlari fosh etilgani haqida yozgan edi.