
Kataloniyaning «Barselona» klubi UEFA Chempionlar ligasi chorak finalining dastlabki bahsida «Atletiko Madrid»ni qabul qilib, 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Uchrashuv jamoalarning keskin hujumlari bilan boshlandi. Mezbonlar safida Lamin Yamal va Markus Reshfordda hisobni ochish uchun imkoniyatlar bo‘ldi, ammo to‘p darvozadan o‘rin olmadi. Birinchi taym oxirida Pau Kubarsi so‘nggi umid foli uchun maydondan chetlatildi. Belgilangan jarima zarbasini esa Xuliyan Alvarez qoyilmaqom ijro etib, hisobni ochdi.
Ikkinchi taymda kamchilik bo‘lib qolganiga qaramay «Barselona» hujumkor boshladi. 70-daqiqada qarshi hujumga o‘tgan madridliklar hisobni 0:2 ga oshirdi. Rudjeri qanotdan uzatgan to‘pni Serlot darvozaga joylab qo‘ydi.
Ma’lumot uchun, jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi 15-aprelga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi. Keyingi bosqichga chiqqan jamoa «Arsenal» va «Sporting» juftligi g‘olibi bilan yarim finalda kuch sinashadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Bavariya» safarda «Real»dan ustun kelgani haqida xabar bergan edi.