
Ai+ kompaniyasi yangi budjet segmentidagi ikki smartfon Ai+ Nova 2 va Ai+ Nova 2 Ultra modellarini taqdim etdi. Bu haqda Gizmochina nashri xabar berdi.
Nova 2 modeli 6,745 dyuymli HD+ displey va 120 Hz yangilanish chastotasiga ega. Qurilma Unisoc T8200 protsessori asosida ishlaydi va 6 GB gacha operativ xotira hamda 128 GB ichki xotira bilan taqdim etiladi.
Nova 2 Ultra esa yanada kuchliroq bo‘lib, 6,78 dyuymli AMOLED displey, 1,5K aniqlik va 144 Hz yangilanish chastotasini taklif qiladi. Smartfon MediaTek Dimensity 7400 chipi bilan ishlaydi va 8 GB operativ xotira bilan jihozlangan.

Har ikkala modelda ham 50 megapikselli asosiy kamera mavjud. Ultra versiyada esa Sony IMX752 sensori va optik stabilizatsiya qo‘llangan. Bundan tashqari, unda 8 MP keng burchakli kamera va 13 MP old kamera mavjud.
Batareya va qo‘shimcha imkoniyatlar
Smartfonlar 6000 mA/soat sig‘imli batareya bilan jihozlangan. Oddiy model 18 Vt, Ultra versiya esa 33 Vt tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi.
Qurilmalarda 5G, Wi-Fi, Bluetooth, USB Type-C va IP64 darajasidagi suv va changdan himoya mavjud.
Narxi
- Nova 2 — $97 dan boshlab;
- Nova 2 Ultra — $140 dan boshlab.
Yangi modellarda katta batareya, kuchli kamera va yuqori yangilanish chastotasiga ega displeylar arzon narxda taklif etilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Huawei Nova 15 Pro va Nova 15 Ultra qanday xususiyatlarga ega ekani haqida yozgandi.