Yangiliklar

Uch oyda ikki mingdan ortiq chiqindi bilan bog‘liq huquqbuzarlik aniqlandi

2026-yilning dastlabki uch oyida 2 107 ta qoidabuzarlik holati qayd etilgan
Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi
Foto: Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi

O‘zbekistonda chiqindilarni noqonuniy tashlash holatlari bo‘yicha 2026-yilning dastlabki uch oyida 2 107 ta qoidabuzarlik holati qayd etilgan. Bu haqda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi xabar berdi.

Aniqlangan holatlarning 322 tasi bo‘yicha ma’muriy choralar qo‘llanib, jarimalar undirilgan. Qolgan 1 785 ta holat yuzasidan esa qonunchilikka muvofiq tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Qoidabuzarliklarni aniqlashda mamlakat bo‘ylab o‘rnatilgan onlayn kuzatuv kameralar muhim rol o‘ynamoqda. Hozirda respublika hududlarida 700 ga yaqin kamera faoliyat yuritib, nafaqat chiqindi tashlash, balki boshqa ekologik huquqbuzarliklarni ham aniqlash imkonini bermoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent viloyatida maishiy chiqindilarni olib chiqish tariflari 1-apreldan oshishi haqida yozgandi.