Chevrolet Captiva avtomobili sotib olishga arziydimi — narx, foto

10-aprel 2026 16:43 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chevrolet Captiva avtomobili sotib olishga arziydimi — narx, foto
Foto: Samijon Juraqulov / Kursiv Uzbekistan

Chevrolet Captiva O‘zbekistonda uncha ommalashmagan, ammo qiziqishga arziydigan model hisoblanadi. Kursiv Uzbekistan ushbu modelning texnik imkoniyatlari va narxini jamlagan maqolasini taqdim etadi.

Ushbu maqoladan quyidagilarni bilib olasiz:

Model haqida umumiy ma’lumot

Chevrolet Captiva zamonaviy oilaviy krossover sifatida bozorda o‘z o‘rnini mustahkamlab bormoqda. Model keng salon, zamonaviy texnologiyalar va qulay boshqaruv bilan ajralib turadi. Avtomobil 5 va 7 o‘rindiqli variantlarda taklif qilinib, kundalik shahar harakati hamda uzoq safarlar uchun moslashgan.

Foto: Samijon Juraqulov / Kursiv Uzbekistan

Captiva tashqi ko‘rinishda sodda va funksional dizaynni namoyish etadi. Kuzov o‘lchamlari 4670 mm uzunlik, 1835 mm kenglik va 1750 mm balandlikni tashkil etadi. 2750 mm g‘ildirak bazasi esa ichki makonda yetarli kenglikni ta’minlaydi. 180 mm klirens avtomobilni turli yo‘l sharoitlarida barqaror qiladi.

Texnik imkoniyatlar va yurish xususiyatlari

Model 1.5 litrli turbomotor bilan jihozlangan bo‘lib, 149 ot kuchi ishlab chiqaradi. Ushbu dvigatel CVT variator uzatmalar qutisi bilan uyg‘un ishlaydi. Natijada avtomobil silliq harakatlanadi va yoqilg‘i sarfi bilan quvvat o‘rtasida muvozanat saqlanadi.

Foto: Samijon Juraqulov / Kursiv Uzbekistan

Captiva old g‘ildirakdan tortish tizimiga ega. Bu esa uni asosan shahar va asfalt yo‘llar uchun qulay qiladi. Yonilg‘i baki 52 litr bo‘lib, uzoq masofalarga chiqishda yetarli zaxira beradi. Bagaj hajmi 275 litrdan 538 litrgacha kengayadi, bu esa oilaviy safarlarda katta afzallik hisoblanadi.

Qulaylik va ichki jihozlar

Captiva salonida ergonomika va qulaylikka alohida e’tibor qaratilgan. O‘rindiqlar keng va yumshoq bo‘lib, uzoq safarlarda charchoqni kamaytiradi. 7 o‘rindiqli konfiguratsiya katta oila uchun ayni muddao hisoblanadi.

Foto: Samijon Juraqulov / Kursiv Uzbekistan

Avtomobil zamonaviy boshqaruv tizimlari bilan jihozlangan. Elektr rul boshqaruvi haydovchi uchun qulaylik yaratadi. Old va orqa diskli tormoz tizimi xavfsizlikni ta’minlaydi. McPherson old osma tizimi esa yo‘l notekisliklarini yumshatadi.

Modelning afzalliklari

Chevrolet Captiva o‘z segmentida muvozanatli model sifatida ko‘riladi. U katta salon, yetarli quvvat va zamonaviy texnologiyalarni birlashtiradi. Ayniqsa, CVT transmissiya va turbomotor kombinatsiyasi haydovchi uchun silliq va iqtisodiy harakatni ta’minlaydi.

Modelning asosiy ustunligi uning universalligida. U shahar ichida ham, uzoq safarlarda ham birdek qulay. Shu sabab Captiva ko‘plab oilalar uchun maqbul tanlov sifatida qaralmoqda.

Foto: Samijon Juraqulov / Kursiv Uzbekistan

Narxi:

KomplektatsiyaNarx (so‘m)Chegirma bilan narx
LT 1299 900 000284 900 000
LT 2319 900 000304 900 000
Premier349 900 000334 900 000

Shuni alohida qayd etish etish joizki, Captiva LT 1 versiyasi uzavtosavdo.uz platformasida mavjud emas. Xaridorlar LT 2 modelini bir rangda, Premier versiyasini esa to‘rt xil rangda xarid qilishi mumkin. Model texnik xususiyatlari va sig‘imi bo‘yicha yaxshi variant bo‘lishi mumkin. Uning narxi Tracker’ning eng qimmat versiyasiga (Premier PLUS EVRO komplektatsiyasidagi model narxi 254 472 800 so‘m etib belgilangan) yaqin.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Onix avtomobilining tarixi haqida yozgan edi.

Shuningdek