Yangiliklar

Chirchiqda selfi fojiasi: vagon ustiga chiqqan 17 yoshli o‘smirni tok urdi

Hodisa Bo‘zsuv temiryo‘l stansiyasi hududida sodir bo‘lgan
Chirchiqda selfi fojiasi: vagon ustiga chiqqan 17 yoshli o‘smirni tok urdi
Chirchiqda selfi fojiasi: vagon ustiga chiqqan 17 yoshli o‘smirni tok urdi / Foto: Videodan olindi

Chirchiq shahrida 17 yoshli o‘smir temiryo‘l vagoniga chiqib suratga tushmoqchi bo‘lgan paytda yuqori kuchlanishli elektr toki zarbasiga uchradi. Bu haqda «Millar» dasturida ma’lum qilindi.

Hodisa Bo‘zsuv temiryo‘l stansiyasi hududida sodir bo‘lgan. Ma’lum qilinishicha, o‘smir do‘stlari bilan birga vagon ustiga chiqqan va aynan shu vaqtda elektr yoyi hosil bo‘lib, kuchli zarba bergan.

Shifokorlar ma’lumotiga ko‘ra, jabrlanuvchi tanasining 80 – 85 foizi og‘ir kuygan. Hozirda u og‘ir ahvolda reanimatsiya bo‘limida davolanmoqda.

Mas’ullar fuqarolarni, ayniqsa, yoshlarni bunday xavfli harakatlardan tiyilishga chaqirmoqda.