Dam olish kunlari qaysi banklarda valyuta ayirboshlash mumkin
eʼlon qilindi
Bank mobil ilovalari orqali ham xizmatlar amalga oshiriladi

11 – 12-aprel kunlari 20 tadan ortiq tijorat banklari tomonidan valyuta ayirboshlash va xalqaro pul oʻtkazmalari xizmatlari koʻrsatiladi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, dam olish kunlari ham ayrim banklar valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqda:
- Agro bank
- Apex bank
- Milliy bank
- Tenge bank
- Hamkor bank
- Anor bank
- Garant bank
- Hayot bank
- Asaka bank
- Universal bank
- SQB
- Trust bank
- Orient Finance bank
- Ipoteka bank
- Saderat bank
- Infin bank
- Asia Alliance bank
- BRB
- Mikrokreditbank
- Xalq banki
- Aloqabank
- Ipak yuli bank
- Kapital bank
Bundan tashqari, 24/7 rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari hamda tijorat banklarining mobil ilovalari orqali kunning istalgan vaqtida bankka tashrif buyurmasdan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyati yaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 13-aprel uchun valyutalar kursi e’lon qilingan edi.