
2026-yilning yanvar-fevral oylarida 3 964 nafar O‘zbekiston fuqarosi ta’lim olish maqsadida xorijiy davlatlarga jo‘nab ketgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Fuqarolar ta’lim olish uchun eng ko‘p Rossiya va Koreya Respublikasi davlatlarini tanlagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu davrda Rossiyaga 989 nafar, Koreya Respublikasiga esa 679 nafar talaba yo‘l olgan.
Shuningdek, talabgorlarning 639 nafari Qirg‘iziston, 300 nafari Turkiya, 276 nafari Tojikiston va 252 nafari Xitoy davlatlariga o‘qishga ketgan. Boshqa davlatlar hissasiga jami 829 kishi to‘g‘ri keladi.
Joriy yilning dastlabki ikki oyida o‘qish uchun xorijga ketganlar soni 2025-yilning mos davriga nisbatan sezilarli darajada qisqargan. Xususan, bu ko‘rsatkich 1,2 ming kishiga yoki 23,6 foizga kamaygani qayd etilgan.
Avvalroq o‘zbekistonliklar eng ko‘p safar qilgan mamlakatlar ochiqlangani haqida xabar berilgan edi.