Jetour Traveller Plus va C-DM modellari sotuvga chiqdi

10-aprel 2026 13:52 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Jetour Traveller Plus va C-DM modellari sotuvga chiqdi
Foto: Chery

Xitoyning Chery kompaniyasiga qarashli Jetour brendi Traveller model qatorini kengaytirib, yangi Jetour Traveller Plus va C-DM versiyalarini sotuvga chiqardi. Yangi modellar 9-apreldan boshlab sotuvga taklif qilinmoqda va narxlar $27,5 mingdan boshlanadi.

Har ikkala model ham 5 yoki 7 o‘rindiqli variantlarda taklif qilinmoqda. Yangi model tashqi dizayn jihatidan avvalgi Traveller uslubini saqlab qolgan. Old qismida yirik radiator panjarasi va zamonaviy LED faralar mavjud. Kuzov uzunligi 5 034 mmga yetkazilgan, bu esa oldingi modeldan ancha katta. Avtomobil 20 dyuymli g‘ildiraklar bilan jihozlangan.

Foto: Chery

Yo‘ltanlamas xususiyatlari ham e’tiborga molik. Mashinaning yer balandligi 220 mmni tashkil etadi, suv kechish chuqurligi esa 700 mmga yetadi. Bu ko‘rsatkichlar modelni off-road sharoitlarda ham ishonchli qiladi.

Salon zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan. Markazda 15,6 dyuymli displey o‘rnatilgan bo‘lib, Qualcomm chipi asosida ishlaydi. Sun’iy intellekt funksiyalari ham tizimga integratsiya qilingan. O‘rindiqlar yuqori darajadagi qulaylikni ta’minlaydi, old o‘rindiqlarda isitish, sovitish va massaj funksiyalari mavjud.

Foto: Chery

Texnik jihatdan Traveller Plus 2.0 litrli turbo dvigatel bilan taqdim etiladi. U 251 ot kuchi va 390 Nm moment ishlab chiqaradi. Avtomobil to‘liq uzatma tizimi bilan jihozlangan. C-DM versiyasi esa yanada kuchliroq hisoblanadi. Unda 1.5T plug-in gibrid tizim va ikkita elektr motor mavjud. Umumiy quvvat 610 ot kuchiga yetadi. Elektr yurish zaxirasi 129 km dan 212 km gacha bo‘lishi mumkin, umumiy yurish masofasi esa 1300 kmga yetadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Jetour X90+ to‘liq privodli versiyada taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek