Yangiliklar

Kapitalbank o‘zining 25 yilligiga bag‘ishlangan ekо-zonalarni ishga tushirmoqda

Kapitalbank o‘zining 25 yillik yubileyi munosabati bilan «Eco-Zone Kapitalbank» ijtimoiy-ekologik loyihasini yo‘lga qo‘ydi
Foto: Kapitalbank

Kapitalbank o‘zining 25 yillik yubileyi munosabati bilan «Eco-Zone Kapitalbank» ijtimoiy-ekologik loyihasini yo‘lga qo‘ydi. Ushbu loyiha zamonaviy eko maskanlarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, ular qulaylik, texnologiya va atrof-muhitga bo‘lgan ehtiyotkorona munosabatni uyg‘unlashtiradi. Ilk eko hudud «Lokomotiv» bog‘ida ochilib, poytaxt aholisi va mehmonlari uchun jozibador maskanlardan biriga aylandi.

Chorak asrlik yoshini nishonlash doirasida bank amaliy tashabbuslarga e’tibor qaratdi: an’anaviy bayram tadbirlari o‘rniga Kapitalbank shahar muhitini rivojlantirish va aholining turmush sifatini oshirishga qaratilgan ijtimoiy loyihalarni amalga oshirmoqda. Ushbu tashabbus doirasida «Eco-Zone Kapitalbank» loyihasi ishga tushirildi. U ekologik yondashuv hamda zamonaviy infratuzilmani o‘zida mujassam etgan bo‘lib, dam olish va ishlash uchun mo‘ljallangan ikki xil formatni taqdim etadi.  

Foto: Kapitalbank

Eco-Zone Family — bu tabiat qo‘ynida oilaviy hordiq chiqarish uchun mo‘ljallangan makon. Bu yerda arg‘imchoqlar va ijod qilish uchun maxsus stollar o‘rnatilgan. Hudud bolalarning vaqtni samarali o‘tkazishi, ota-onalarning esa qulay va xavfsiz muhitda dam olishini ta’minlaydigan tarzda puxta rejalashtirilgan.

Eco-Coworking — ochiq havoda o‘qish va ishlash uchun zamonaviy maydon. U samarali faoliyat uchun qulay ish joylaridan tortib, qurilmalarni quvvatlash imkoniyatlarigacha bo‘lgan barcha zarur vositalar bilan jihozlangan. Bu esa ofisdan tashqarida ham aloqada bo‘lib, vaqtdan unumli foydalanish imkonini beradi.

Foto: Kapitalbank

Manzilning markaziy elementi quyosh panellari bilan jihozlangan ochiq ayvon hisoblanadi. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sayr davomida mobil qurilmalarni bevosita quvvatlash imkonini beradi. Mazkur maydon kun davomida to‘plangan energiya asosida ishlovchi funksional o‘rindiqlar va yumshoq nur taratuvchi LED yoritish chiroqlari bilan jihozlangan.

Foto: Kapitalbank

«Bugun «Lokomotiv» bog‘ida maydonchaning ochilishi Kapitalbank ekologik tashabbuslarining davomi hisoblanadi. Biz kundalik hayotga yashil yechimlarni joriy etish va birdek qulay tarzda ishlash, o‘qish hamda dam olish mumkin bo‘lgan makonlarni yaratishga intilmoqdamiz», — deya ta’kidladi Oksana Lindina, Kapitalbank Kuzatuv kengashi raisining maslahatchisi.

Foto: Kapitalbank

«Eco-Zone Kapitalbank» loyihasi barqaror o‘sish tamoyillarini izchil amalga oshirish orqali kelajak avlod uchun texnologik va ekologik muhit yaratishda biznesning o’rni qanchalik muhimligini ko‘rsatuvchi yorqin namunasidir. Kapitalbank tomonidan amalga oshirilayotgan mazkur tashabbuslar nafaqat shahar infratuzilmasini rivojlantiradi, balki tabiat resurslari va shahar muhitiga bo‘lgan mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga ham xizmat qiladi.

Yil oxirigacha Kapitalbank filiallari mavjud bo‘lgan barcha shaharlarda shunday makonlar barpo etilib, butun mamlakat aholisi uchun zamonaviy ekologik hordiqni yanada qulay va ommabop qiladi. Jami 14 ta shunday maydonlar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.