Sport

«Neftchi» sodiq muxlisini Onix avtomobili bilan taqdirladi — video

U o‘tgan turda «Neftchi»ning Navoiyda «Qizilqum»ga qarshi o‘yinini tomosha qilish uchun Farg‘onadan Navoiygacha qariyb 800 kilometr yo‘l bosib borgan
«Neftchi» sodiq muxlisini Onix avtomobili bilan taqdirladi — video
Foto: Videodan ekran tasviri

Farg‘onada «Neftchi» klubining sodiq muxlisi Qahramon Ne’matov Onix avtomobili bilan rag‘batlantirildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Qahramon Ne’matov Yozyovondagi eng fidoyi muxlislardan biri hisoblanadi. U o‘tgan turda «Neftchi»ning Navoiyda «Qizilqum»ga qarshi o‘yinini tomosha qilish uchun Farg‘onadan Navoiygacha qariyb 800 kilometr yo‘l bosib borgan. Uzoq va mashaqqatli safarga qaramay, muxlis jamoani qo‘llab-quvvatlab, g‘alabani birga nishonlab ortga qaytgan.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/04/3871693208056511707_7fd7mclrvgjs7q.mp4
Video: UzPFL

E’tiborlisi, u bu safarni eski «Moskvich» avtomobilida amalga oshirgan. Qahramon Ne’matov 40 yildan buyon jamoaga sadoqat bilan muxlislik qilib kelmoqda. Unga 6-tur uchrashuvi oldidan «Istiqlol» stadionida Onix avtomobili topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri «Neftchi» o‘z tarixida ilk bor O‘zbekiston Superkubogi sohibiga aylangani haqida yozgan edi.