Osiyo chempionati: 5 nafar o‘zbekistonlik bokschi finalda jang o‘tkazadi

10-aprel 2026 10:57 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Fazliddin Erkinboyev / Foto: MOQ

Mo‘g‘uliston poytaxtida boks bo‘yicha Osiyo chempionati o‘z nihoyasiga yetmoqda. Musobaqaning so‘nggi kunida O‘zbekiston terma jamoasining 5 nafar a’zosi oltin medal uchun ringga ko‘tariladi. Bu haqda MOQ xabar bermoqda.

Bugun musobaqaning ikkinchi final kuni bo‘lib, unda qit’aning eng kuchli bokschilari o‘zaro to‘qnash keladi. O‘zbekistonlik sportchilar turli vazn toifalarida Tailand, Qozog‘iston, Iordaniya va Tojikiston vakillariga qarshi chempionlik uchun kurash olib boradi.

Hal qiluvchi janglarda 65 kg vazn toifasida Abdulloh Madaminov tailandlik Bundjong Sinsiriga, 75 kg vaznda esa Javohir Abdurahimov qozog‘istonlik Sabirjan Akkalykovga qarshi ringga chiqadi.

Shuningdek, 80 kg vazn toifasida Fazliddin Erkinboyev iordaniyalik Huseyn Ishaish bilan, 85 kg vaznda Jasurbek Yo‘ldoshev Qozog‘iston vakili Nurbek Oralbay bilan, 90 kg vaznda esa Halimjon Mamasoliyev tojikistonlik Parviz Karimov bilan bellashadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan The Ring jurnali Bahodir Jalolovni jahonning Top – 10 bokschilari safiga kiritgani haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek