Sport

O‘zbekistonlik hakamlar Jahon chempionatida faoliyat yuritadi

Ilgiz Tantashev bosh hakam, Andrey Sapenko hamda Timur Gaynullin yordamchi hakam sifatida mundialga jalb etildi
Foto: O‘FA

11-iyundan 19-iyulga qadar AQSh, Kanada va Meksika davlatlarida bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik hakamlar guruhi faoliyat olib boradi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) xabar bermoqda.

Foto: O‘FA

Ushbu yirik xalqaro musobaqada o‘zbekistonlik mutaxassis Ilgiz Tantashev bosh hakam sifatida o‘yinlarni boshqaradi. Unga qanotlarda Andrey Sapenko va Timur Gaynullin yordamchi hakam sifatida ko‘maklashishi belgilangan.

Foto: O‘FA

Ma’lumot uchun, joriy yilning 30-yanvar kuni O‘FA tomonidan Ilgiz Tantashev «Yilning eng yaxshi hakami» sifatida e’tirof etilgan edi. Tajribali hakam bungacha ham qator nufuzli turnirlarda, xususan, klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida muhim uchrashuvlarni boshqargan va xalqaro maydonda faoliyat olib borgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan FIFA 2026-yilgi jahon chempionatida bir qator qoidalarni o‘zgartirishi haqida xabar bergan edi.