Rossiyalik repper Toshkentdagi konsertini kutilmaganda to‘xtatib, sahnani tark etdi

eʼlon qilindi
Xonanda poytaxtdagi klublardan birida bir nechta qo‘shiq ijro etgach, sababini tushuntirmasdan chiqib ketgan
Foto: RBK

Joriy yilning 9-aprel kuni rossiyalik reper Scally Milano (Daniil Dmitriyev) Toshkentdagi VM BAR klubida o‘tayotgan konsertini to‘satdan to‘xtatdi. U atigi bir nechta qo‘shiq kuylaganidan so‘ng sahnadan tushib ketgan.

Reper O‘zbekistonga Markaziy Osiyo bo‘ylab turnesi doirasida tashrif buyurgan edi. Uning navbatdagi chiqishlari 11-aprel kuni Olmaota va 12-aprel kuni Ostona shaharlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Toshkentdagi kutilmagan holat yuzasidan tashkilotchilar ham, reperning o‘zi ham hozircha hech qanday izoh bermadi. Shouni to‘xtatishga texnik muammolar, san’atkorning sog‘lig‘i yoki boshqa tashqi omillar sabab bo‘lgani noma’lumligicha qolmoqda. Oqibatda uning Qozog‘istondagi keyingi dasturlari taqdiri ham so‘roq ostida qoldi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan P.Diddy to‘rt yilga ozodlikdan mahrum etilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek