Lifestyle

Turkiyada mashhur aktyor Burak Deniz qo‘lga olindi

Operatsiya davomida yana 14 kishi fosh etilgan
Turkiyada mashhur aktyor Burak Deniz qo‘lga olindi
Foto: Instagram

Turkiyaning Istanbul shahrida mashhur shaxslarga nisbatan olib borilayotgan giyohvandlik bo‘yicha tergov doirasida aktyor Burak Deniz qo‘lga olindi. Beykoz prokuraturasi tashabbusi bilan amalga oshirilgan operatsiya davomida 14 kishi fosh etilgan.

Ta’kidlanishicha, qo‘lga olinganlar orasida rep ijrochisi Norm Ender nomi bilan tanilgan Ender Ero‘g‘lu va boshqa mashhurlar ham ushbu ish bo‘yicha tergovga jalb qilingan.

Tergov doirasida Hafsanur Sancaktutan, Emir Jan Igrek, Somer Sivrio‘g‘lu, Serra Pirinch, O‘g‘un Alibosh, Utku Unsal, Sinem Ozench Unsal, Elif Bushra Pekin, Ahsen Ero‘g‘lu, Emre Ozturk hamda Enes Guler kabi shaxslar ham qo‘lga olingani bildirildi.

Turkiyada mashhur aktyor Burak Deniz qo‘lga olindi
Foto: Instagram

Mazkur operatsiya giyohvand moddalar bilan bog‘liq faoliyatni aniqlash va unga chek qo‘yish maqsadida amalga oshirilmoqda. Hozirda qo‘lga olingan shaxslar yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

Ma’lumot uchun, Burak Deniz 1989-yilda Istanbulda tug‘ilgan. U aktyorlik faoliyatini 2011-yilda boshlagan va qisqa vaqt ichida mashhurlikka erishgan. Aktyor «Bizning hikoya», «Malikam endi qara» va «Qochoq» kabi seriallardagi rollari orqali keng auditoriyaga tanilgan.

Hozircha mazkur ish bo‘yicha yakuniy qarorlar e’lon qilinmagan. Tergov natijalari yaqin kunlarda ma’lum qilinishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Turkiyada Hande Erchel va uning sobiq yigitini hibsga olishga orden berilgani haqida yozgan edi.