Avto

Volga K40 krossoveri 200 ot kuchi bilan taqdim etildi — foto

Model intellektual boshqaruv tizimlari bilan jihozlangan
Volga K40 krossoveri 200 ot kuchi bilan taqdim etildi / Foto: Volga

Rossiyada Volga brendi o‘zining yangi Volga K40 o‘rta o‘lchamli krossoverini rasman taqdim etdi. Bu haqda kompaniya rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Model 200 ot kuchiga ega dvigatel, to‘liq privod, 8 pog‘onali avtomatik uzatma hamda intellektual boshqaruv tizimlari bilan jihozlangan. Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, avtomobil zamonaviy xavfsizlik va haydovchiga yordam beruvchi funksiyalar bilan to‘ldirilgan.

Foto: Volga

Krossoverning g‘ildirak bazasi 2760 mmni tashkil etadi. Bazaviy versiyada 1,5 litrli, 147 ot kuchiga ega dvigatel, old g‘ildirakdan tortish tizimi va 7 pog‘onali robot uzatma qo‘llanilgan. Eng kuchli variantda esa 2,0 litrli, 200 ot kuchiga ega dvigatel, 8 pog‘onali avtomatik uzatma va to‘liq privod mavjud.

Foto: Volga

Model jihozlanishida harakatni yo‘lda ushlab turish assistenti, adaptiv kruiz-nazorat, 360 darajali kamera tizimi hamda 6 ta xavfsizlik yostiqchasi kabi imkoniyatlar taqdim etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Volga ilk krossoveri K50 modelini taqdim etgan edi. Model yoz mavsumida sotuvga chiqariladi