Fan

Yerga yaqin masofada kichik asteroid uchib o‘tdi

10-aprel 2026 16:40 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
Yerga yaqin masofada kichik asteroid uchib o‘tdi / Foto: Hafiza Muxtorova / Sun’iy intellekt

Taxminan 16 metr diametrga ega 2026 GD nomli asteroid Yer sayyorasi va Oy orasidan yaqin masofada uchib o‘tdi. Bu haqda Space nashri ma’lum qildi.

6-aprel kuni asteroidning soatiga qariyb 45 ming km tezlikda harakatlanayotgani aniqlandi. U 9-aprel kuni Grinvich vaqti bilan 18:59 da Yerga eng yaqin nuqtada yaqinlashgan va sayyoradan taxminan 250 ming kilometr uzoqlikda o‘tib ketgan. Bu Oygacha bo‘lgan masofaning qariyb 0,65 qismiga teng.

Bir necha soat o‘tib, asteroid Oyga ham yaqinlashib, uning yonidan taxminan 163 ming kilometr masofada o‘tib ketgan. Traektoriya yaqin bo‘lishiga qaramay, u Yer va Oy uchun hech qanday xavf tug‘dirmagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, obyekt parvoz vaqtida «Artemis-2» missiyasi yo‘nalishini kesib o‘tmagan. Ushbu missiya hozirda Oy atrofini aylanib o‘tib, Yerga qaytish bosqichiga o‘tdi.

2026 GD keyingi bosqichda cho‘zilgan orbitada harakatini davom ettirib, Quyosh tizimiga yana qaytadi. Keyingi yaqinlashuv 2031-yilda kutilmoqda, o‘shanda asteroid Veneradan taxminan 25 Oy masofasiga teng uzoqlikda o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq NASA kompaniyasi Marsdagi Jezero krateri hududida nikelning rekord darajadagi miqdorini aniqlagan edi.

Shuningdek