Avto

2040-yilga borib elektromobillar bozorni to‘liq egallaydi — ekspert

Sof elektr transport eng samarali texnologiya hisoblanadi
2040-yilga borib elektromobillar bozorni to‘liq egallaydi
Foto: Pexels

Xitoylik yetakchi mutaxassis Ouyang Minggaoning prognoziga ko‘ra, 2040-yilga borib sof elektromobillar bozorda mutlaq ustunlikka ega bo‘ladi. Bu haqda CarNewsChina nashri xabar bermoqda.

Pekin shahrida o‘tkazilgan forumda so‘zga chiqqan ekspert hozirgi bosqichda plug-in gibrid va uzaytirilgan yurish zaxirasiga ega modellarning ahamiyati pasayib borayotganini ta’kidladi. Uning fikricha, sof elektr transport eng samarali texnologiya hisoblanadi.

Foto: ChinaEV100

Mutaxassis elektr transportning samaradorligi boshqa muqobil texnologiyalarga qaraganda ancha yuqori ekanini qayd etdi. Elektr dvigatellar vodorodli transportdan ikki barobar, sintetik yoqilg‘ili dvigatellardan esa to‘rt barobar samaraliroq ishlaydi.

Prognozlarga ko‘ra, 2030-yilga kelib yangi energiya manbalarida ishlovchi yengil avtomobillar ulushi 70 foizdan oshadi. 2035-yilda bu ko‘rsatkich 80 foizdan yuqori bo‘ladi. 2040-yilga borib esa sof elektromobillar ustunlik qilib, bozorning asosiy qismini egallaydi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Nio ES9 avtomobilining narxi haqida yozgan edi.