Sport

APL: «Arsenal» o‘z maydonida kutilmaganda «Bornmut»ga imkoniyatni boy berdi

Ushbu mag‘lubiyat chempionlik poygasida «Manchester Siti» uchun qulay imkoniyat yaratishi mumkin
Foto: Opta Analyst

Angliya Premyer-ligasining 32-turida Londonning «Arsenal» jamoasi o‘z maydonida «Bornmut»ni qabul qilib, 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Uchrashuvning 17-daqiqasida mehmonlar vakili Eli Krupi hisobni ochgan bo‘lsa, 35-daqiqada «Arsenal» hujumchisi Viktor Gyokeresh penaltidan foydalanib muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo‘limning 74-daqiqasida Aleks Skott Evanilsonning uzatmasini golga aylantirib, «Bornmut»ga g‘alaba keltirdi. Qolgan vaqtda maydon egalari qancha bosim qilsa-da, hisobni o‘zgartira olmadi.

Foto: Sky Sports

Hozirgi holatga ko‘ra, «Arsenal» 32 ta o‘yindan so‘ng 70 ochko jamg‘argan holda jadvalda yetakchilik qilmoqda. Ularning asosiy ta’qibchisi «Manchester Siti» hisobida 30 ta o‘yindan keyin 61 ochko mavjud bo‘lib, jamoada ikkita zaxira uchrashuvi bor.

Ekran tasviri / soccer365.ru

Agar «Manchester Siti» o‘zining qolgan ikkita zaxira o‘yinida g‘alaba qozonsa, jamoalar o‘rtasidagi ochkolar farqi 3 taga qisqarishi mumkin. Musobaqa g‘olibini aniqlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishi kutilayotgan «Manchester Siti» va «Arsenal» o‘rtasidagi o‘zaro bahs 19-aprel kuni «Etihad» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Arsenal» YChL chorak finalida «Sporting»dan ustun kelgani haqida xabar bergan edi.