Eldor Shomurodovning dubli «Istanbul Bashakshehir»ga yirik g‘alaba keltirdi

11-aprel 2026 18:23 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: Instagram / Istanbul Bashakshehir

Turkiya Superligasining 29-turi doirasida «Istanbul Bashakshehir» o‘z maydonida «Genchlerbirligi» klubini qabul qilib, yakunda 3:0 hisobida yirik g‘alabaga erishdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov uchrashuvda ikkita gol kiritib, dubl qayd etdi.

Uchrashuvning 10-daqiqasidayoq Eldor Shomurodov sherigi Bertug Yildirimning uzatmasidan so‘ng darvozani ishg‘ol qilib, hisobni ochdi. 40-daqiqada Yusuf Sarining qanotdan uzatgan pasini golga aylantirgan o‘zbekistonlik hujumchi dublni rasmiylashtirdi.

Ikkinchi goldan ko‘p o‘tmay, 42-daqiqada Bertug Yildirim yana o‘sha Yusuf Sarining uzatmasidan so‘ng uchinchi bor mehmonlar darvozasini ishg‘ol qildi. Mazkur natija o‘yin oxirigacha o‘zgarmay qoldi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Eldor Shomurodovning transfer narxi ikki million yevroga oshgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek