Eronda Oyatulloh Xomanaiy uchun 40 kunlik motam yakunlandi

eʼlon qilindi
Ali Xomanaiy AQSh va Isroil hujumi oqibatida halok bo‘lgan edi
Oyatulloh Xomanaiy uchun 40 kunlik motam yakunlandi
Foto: OISL

Eronda sobiq oliy rahbar Oyatulloh Xomanaiy vafoti munosabati bilan e’lon qilingan 40 kunlik umumxalq motami yakunlandi. Bu haqda IRIB xabar berdi.

Motam tugashi bilan Mashhad shahridagi Imom Rizo maqbarasi ustiga yashil bayroq o‘rnatildi. Motam davomida ushbu maskan ustida qora bayroq hilpirab turgan edi.

IRIB ma’lumotiga ko‘ra, bayroq almashtirilishi 40 kunlik motam yakunlanganini bildiradi. Mazkur marosim diniy an’analarda muhim ramziy ahamiyatga ega. Ali Xomanaiy AQSh va Isroil hujumi oqibatida halok bo‘lgan edi.

Shuningdek, Mojtaba Xomanaiy AQSh va Isroil bilan bo‘lgan urushda Tehron g‘alabaga erishganini ta’kidlagan edi. Mojtaba Xomanaiyning ushbu bayonoti uning otasi Oyatulloh Ali Xomanaiy AQSh va Isroil hujumi oqibatida halok bo‘lganining 40 kunligiga to‘g‘ri keldi. Eron telekanali orqali o‘qib eshittirilgan murojaatda mamlakat urush boshlamagani, biroq tajovuzkorlarni jazosiz qoldirmasligi aytilgan.

Shuningdek