Yangiliklar

Mirziyoyev va Toqayev Buxoroda Bahouddin Naqshband majmuasini ziyorat qildi

Buxorodan 12 km uzoqlikda joylashgan ushbu majmua mintaqadagi eng muhim ziyoratgohlardan biri hisoblanadi
Mirziyoyev va Toqayev Buxoroda Bahouddin Naqshband majmuasini ziyorat qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jomart Toqayev Buxoroda Bahouddin Naqshband majmuasini ziyorat qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Buxorodan 12 km uzoqlikda joylashgan ushbu majmua mintaqadagi eng muhim ziyoratgohlardan biri hisoblanadi. Bu yerda XIV asrning yirik allomasi, naqshbandiya tariqatining asoschisi Bahouddin Naqshband dafn etilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qayd etilishicha, o‘zbek va qozoq xalqlarining diniy va ma’naviy qadriyatlari mushtarak. Yurtimizda yashagan avliyo va allomalar Qozog‘istonda ham chuqur e’zozlanadi. Majmua asrlar davomida shakllangan. Bugungi kunda uning tarkibiga maqbara, xonaqoh, ikkita masjid, tarixiy daxma va so‘fiylik tarixiga bag‘ishlangan muzey kiradi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

So‘nggi yillarda majmua keng ko‘lamda obod qilindi. Tarixiy yo‘laklar qayta tiklandi, hudud obodonlashtirildi, yangi infratuzilma obyektlari barpo etildi. Doniyolbiy qurdirgan madrasa ham ta’mirlanmoqda. Tashrif davomida Qur’on oyatlari tilovat qilindi. Qardosh xalqlar tinchligi va farovonligi uchun duo o‘qildi.

Kursiv Uzbekistan nashri Qosim-Jomart Toqayev Buxoroda qanday kutib olingani haqida yozgan edi.