Mirziyoyev va Toqayev Buxorodagi SI xakatonida ishtirok etdi

eʼlon qilindi
Mazkur xakaton sun’iy intellekt ekotizimini rivojlantirishga qaratilgan siyosat doirasida tashkil etilgan
Mirziyoyev va Toqayev Buxoroda SI xakatonida ishtirok etdi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jomart Toqayev Buxoro shahrida «National AI Hackathon» xakatonida ishtirok etdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur xakaton sun’iy intellekt (SI) ekotizimini rivojlantirishga qaratilgan siyosat doirasida tashkil etilgan. Tadbir mamlakatda raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirishga xizmat qilmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yetakchilarga sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar taqdim qilindi. Xususan, «Raqamli hukumat» tizimi hamda transport, bojxona, soliq, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalardagi yechimlar haqida ma’lumot berildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ta’kidlanishicha, mazkur yo‘nalishdagi ishlar davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish va aholining hayot sifatini yaxshilashga xizmat qilmoqda. Tadbir doirasida O‘zbekiston va Qozog‘iston startaplarini qo‘llab-quvvatlash tizimi ham taqdim etildi. Prezidentlar «KPI-COM», «OSON», «DATOX» kabi loyihalar bilan tanishdi va ularning mualliflari bilan suhbatlashgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Mirziyoyev va Toqayev Buxoro viloyati hokimligining zamonaviy situatsion markaziga tashrif buyurgani haqida yozgan edi.

Shuningdek