Avto

Nio ES9 avtomobilining narxi qancha

Yangi avtomobil Nio brendining flagman modeli hisoblanadi
Nio ES9 avtomobilining narxi qancha
Foto: Nio

Xitoyning eng yirik elektromobili SUVlaridan biri – Nio ES9 sotuvga chiqdi. Model boshlang‘ich narxi $61,4 mingdan taklif qilinmoqda.

Yangi avtomobil Nio brendining flagman modeli hisoblanadi. U 5,3 metr uzunlikka ega bo‘lib, hozircha Xitoydagi eng katta elektr SUV sifatida taqdim etilayotir.

Foto: Nio

Model 900V kuchlanishli tizim asosida ishlaydi. Ikki motorli to‘liq yuritma 520 kW, ya’ni 697 ot kuchigacha quvvat beradi. Avtomobil 0 dan 100 km/soatgacha atigi 4,3 soniyada tezlashadi. Nio ES9 102 kVt/soat sig‘imli batareya bilan jihozlangan. Maksimal yurish zaxirasi 620 kmni tashkil etadi. Model tez zaryadlash va batareyani almashtirish texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Ichki qism premium darajada ishlab chiqilgan. Salon Nappa charm hamda yog‘och elementlar bilan bezatilgan. Avtomobil 6 o‘rindiqli bo‘lib, o‘rindiqlarda massaj funksiyasi mavjud. Umumiy audio tizim 47 ta karnaydan iborat.

Foto: Nio

Shuningdek, avtomobilda 15,6 dyuymli markaziy ekran, katta AR displey va sun’iy intellekt yordamchisi mavjud. Xavfsizlik tizimlari ham kuchaytirilgan. Model 12 ta xavfsizlik yostiqchasi va 31 ta sensor bilan jihozlangan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Nio ES9 avtomobili rasman namoyish etilgani haqida yozgan edi.