O‘qituvchilar pedagogik etika me’yorlariga qat’iy amal qilish zarur — maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

eʼlon qilindi
Qayd etilishicha, bugungi kunda har bir pedagog zimmasiga katta vazifa yuklatilgan
O‘qituvchilar pedagogik etika me’yorlariga qat’iy amal qilish zarur — maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Foto: uznpu.uz

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova ta’lim muassasalari xodimlariga murojaat bilan chiqdi. Unda pedagoglarning mas’uliyati va bolalarga munosabat masalasi alohida ta’kidlangan.

Qayd etilishicha, bugungi kunda har bir pedagog zimmasiga katta vazifa yuklatilgan. Ularning kasbiy faoliyati nafaqat bilim berish, balki bolalarning shaxs sifatida shakllanishiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bolalarning o‘ziga ishonchi va hayotga qarashi ham aynan ta’lim jarayonida shakllanadi.

Vazir har bir bola jamiyatning muhim bo‘lagi ekanini ta’kidladi. Ular kelajakni belgilovchi asosiy kuch sifatida qaraladi. Shu bois ta’lim tizimida bolalarning huquq va manfaatlarini hurmat qilish ustuvor vazifa bo‘lishi kerak.

Murojaatda pedagogik etika masalasiga ham alohida e’tibor qaratilgan. Har qanday noo‘rin xatti-harakat, beparvolik yoki loqaydlikka yo‘l qo‘yilmasligi qayd etildi. Pedagoglar o‘z faoliyatida yuksak madaniyat va mas’uliyatni namoyon etishi lozim.

Avvalroq 1-sinf o‘quvchilaridan birining onasi, o‘g‘li bilan nizolashgan sinfdoshlarga nisbatan maktab xonasida qo‘l ko‘tarib, haqorat qilgani videoga tushgan va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgani haqida yozgan edik. Shuningdek, Urgut tumanida maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari va 9-sinf o‘quvchisi o‘rtasida yuz bergan edi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 2026-yilda So‘x tumaniga 40 million dollar sarmoya jalb qilinishi haqida yozgan edi.

Shuningdek