O‘zbekistonda xonandalar qancha soliq to‘lagan

11-aprel 2026 10:29 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
O‘zbekistonda xonandalar qancha soliq to‘lagan
Foto: Ochiq manba

Adliya vazirligining ma’lum qilishicha, 2024-yilda 2 ming nafar xonanda soliq deklaratsiyasi topshirgan va ularga jami 1,1 mlrd so‘m soliq hisoblangan. Bu bir ijrochiga o‘rtacha 544,5 mingdan so‘m to‘g‘ri keladi.

2025-yilda esa deklaratsiya topshirganlar soni 305 nafarga tushib ketgan. Ularga jami 154 mln so‘m soliq hisoblangan bo‘lib, o‘rtacha 505,6 ming so‘mni tashkil qilgan. Vazirlik jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan konsert-tomosha faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni soliqqa tortish tizimini soddalashtirishga oid qaror loyihasi 16 ming marta ko‘rilganini qayd etgan.

https://regulation.adliya.uz/

Muhokamalar davomida 130 ta taklif va mulohaza kelib tushgan. Bu esa sohada mavjud muammolar jamoatchilik e’tiborida ekanini ko‘rsatadi. Loyihaga ko‘ra, 2026-yil 1-sentabrdan boshlab ijrochilar va ijodiy jamoalarning barcha xizmatlari «Soliq» mobil ilovasida majburiy tarzda ro‘yxatga olinadi. Har bir chiqish bo‘yicha xizmat joyi va sanasi ilovaga kiritiladi.

Shu sanadan 2029-yil 1-yanvargacha ijrochilar daromad solig‘ini «bir xizmat – bir to‘lov» tamoyili asosida to‘laydi. Ya’ni har bir chiqish uchun qat’iy belgilangan summa to‘lanadi. To‘lov amalga oshirilgach, tizim avtomatik ravishda elektron ma’lumotnoma shakllantiradi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Soliq ilovasiga shou-biznesga oid yangi funksiya qo‘shilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek