Qosim-Jomart Toqayev Buxoroda qanday kutib olindi — foto

Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Qosim-Jomart Toqayev amaliy tashrif bilan Buxoroga keldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Oliy martabali mehmon Buxoro xalqaro aeroportida Mirziyoyev tomonidan tantanali kutib olindi. Aeroportda milliy kuy-qo‘shiqlar va raqslar ijro etildi. Ikki davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi. Harbiy orkestr tomonidan davlat madhiyalari yangradi.


Tashrif doirasida ikki mamlakat yetakchilari o‘rtasida ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Unda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.
Shuningdek, Qasim-Jomart Toqayev Buxoroning tarixiy obidalari bilan tanishadi. Sanoat korxonalariga tashrif buyurishi va boshqa tadbirlarda ishtirok etishi ham ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Buxorodagi yangi xalqaro aeroport uchun 370 gektar maydon ajratilgani haqida yozgan edi.