
«Union Berlin» klubi erkaklar jamoasiga Mari Luiza Eta vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlandi. U qoniqarsiz natijalar sababli iste’foga chiqarilgan Shteffen Baumgartning o‘rnini egalladi.
Shteffen Baumgart 2025-yil yanvaridan beri qayd etilgan 21 ta mag‘lubiyat, 16 ta g‘alaba va 14 ta durangdan so‘ng ishdan bo‘shatilgan. «Union Berlin» boshqaruvchi direktori Xorst Xeldtning so‘zlariga ko‘ra, jamoa qishki tanaffusdan keyingi 14 ta o‘yinda atigi 2 marta g‘alaba qozongan va klub rahbariyatida joriy tarkib bilan vaziyatni o‘nglashga ishonch qolmagan.

Hozirda jamoa Bundesliga turnir jadvalida 29 ta o‘yindan so‘ng 32 ochko bilan 11-o‘rinni egallab turibdi. Mari Luiza Eta avvalroq ushbu klubning yoshlar jamoasida ishlagan bo‘lib, u vaqtinchalik roldan so‘ng jamoaning ayollar bo‘limini qabul qilib oladi.
Ushbu tayinlov nafaqat Germaniya, balki Angliya, Ispaniya, Italiya va Fransiya yuqori divizionlarida ham dastlabgisi bo‘ldi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Bavariya» o‘z maydonida «Verder»ni tor-mor etgani haqida xabar bergan edi.