
12-aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:54 da Farg‘ona viloyatining Quva tumanida 3 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda Seysmoprognostik Monitoring Respublika markazi xabar bermoqda.
Zilzila o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda joylashgan bo‘lib, epitsentri poytaxt Toshkent shahridan 249 km janubiy-sharqda joylashgani xabar qilingan.
Zilzila kuchi O‘zbekiston hududining bir qator tumanlarida sezilgan. Xususan, episentrdan 4 km masofada bo‘lgan Quva tumanida silkinish kuchi 2-3 ballni tashkil etgan.
Shuningdek, Andijon viloyatining Shahrixon (16 km), Bo‘ston (19 km) va Asaka (20 km) tumanlarida, Farg‘ona viloyatining Toshloq (18 km) tumanida zilzila kuchi 2 ball darajasida sezilgani qayd etilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Аfg‘onistonda yuz bergan zilzila O‘zbekistonda sezilgani haqida xabar bergan edi.